Vashington Nikolas Maduroning prezidentligini tan olmaydi hamda ushbu mamlakat rahbariyatiga bosim o‘tkazishda davom etadi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Venesuela prezidentligi uchun muddatidan avval o‘tkazilgan saylovlar 2018-yil mayida bo‘lib o‘tgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, unda Maduro 67,8 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan; 10-yanvar kuni Maduro Venesuela prezidenti sifatida qasamyod qildi.
Biroq Maduroning qayta saylanishini AQSh bilan birga Lotin Amerikasining (Meksikadan tashqari) barcha mamlakatlari tan olmasligini ma’lum qilgan.
Venesuelaning quvg‘indagi Oliy sudi parlament spikeri Xuan Guaidoni mamlakat boshqaruvini qo‘lga olishga chaqirgan. Xuana Guaido o‘z navbatida prezidentlik vazifasini olishga tayyorligini ma’lum qiligan.
Izoh (0)