Indoneziyaning Jakarta shahrida velotrek bo‘yicha Osiyo chempionatiga start berildi, deb xabar berdi O‘zbekiston velosport federatsiyasi matbuot xizmati.
Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda. Terma jamoa sharafini himoya qilayotgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida 70 ochko to‘pladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Xuan Ting Ing (22 ochko, Tayvan) va Jan Ying (15 ochko, Xitoy)ga nasib qildi.
Ma’lumot uchun, ushbu muvaffaqiyat Zabelinskayaga oltin medaldan tashqari Tokio—2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun lozim bo‘lgan qimmatli reyting ochkolarini ham taqdim etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)