Toshkentda Vatan himoyachilari kuni 10 kilometrlik yugurish bilan nishonlanadi. Unda qatnashuvchilar yugurishni 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari muzeyi yonidagi maydondan boshlab, masofani “Xalqlar do‘stligi” maydonida yakunlaydi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
Musobaqalarning tantanali ochilishi 9:30 da bo‘lib o‘tadi, yugurish esa 10:00 da boshlanadi. Uning yo‘nalishi “Darxon” dahasi, Amir Temur maydoni, “Mustaqillik” maydoni va Davlat boshqaruvi akademiyasidan o‘tadi.
Asosiy sud kollegiyasi tarkibiga Yengil atletika federatsiyasi vakillari kiradi.
Yugurishda 18 yoshdan katta barcha istovchilar va yengil atletika sportchilari 14 yoshdan ishtirok etishi mumkin. Toshkent va respublikaning boshqa viloyatlaridan sport jamoalari, shuningdek, tashkilotlar jamoalari musobaqalarda ishtirok etish uchun taklif etiladi.
Ishtirok etishni istovchilar tashkilotchilar saytida 11-yanvar 16:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Izoh (0)