10-yanvar, payshanba kuni Angliya Liga Kubogining 1/2 final bosqichida “Manchester Siti” “Byorton” ustidan 9:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: “Independent.ie”

“Manchester Siti” 1967-yil oktabr oyidan buyon ketma-ket ikkita uchrashuvda 7 ta yoki undan ko‘p gol urgan birinchi jamoa bo‘ldi, deb yozadi Opta.

O‘tgan haftada Angliya Kubogining 3-bosqichida Xosep Gvardiola shogirdlari “Roterhem” klubini 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

So‘nggi bor bunday natijani 1967-yilda Don Revi qo‘l ostidagi “Lids” jamoasi qayd etib, rekord o‘rnatgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!