Ravshan Ermatov bugun Osiyo Kubogi—2019 dagi ishtirokini boshlaydi
6-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining “B” guruhi 1-turi doirasida Suriya terma jamoasi Falastinga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur bahsga Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlarni tayinlandi.
Qanotlarda unga Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi.
Darvozalar ortida Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev ishlaydi. Zaxira hakami qirg‘izistonlik Sergey Grishchenko.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar