Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vashington shtatidan senator Jeymi Pedersen inson tanasi qoldiqlaridan o‘g‘it tariqasida foydalanishga ruxsat berilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Regnum

Foto: Regnum

NBC News telekanaliga ko‘ra, ushbu uslub jasadni o‘g‘it holatigacha keltiradigan maxsus qurilmaga joylashtirishni nazarda tutadi. Keyin qoldiqlar marhumning yaqinlariga topshiriladi.

“Menga shu masalada shtatdan murojaat qilgan kishilar hayotdan ko‘z yumganlaridan so‘ng daraxtga aylanish yoki boshqa muqobil uslub tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishlaridan hayajonda”, — deydi Pederson.

Yangicha uslubda dafn etish 5,5 ming dollarga tushishi aytilmoqda. AQSH fuqarolari uchun an’anaviy dafn marosimi narxi 7 ming dollardan oshadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin