New Horizons sayyoralararo avtomatik zondi 1-yanvar kuni Quyosh tizimining insoniyat o‘rgangan eng olis obyektiga yetib bordi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Grinvich vaqti bo‘yicha tonggi soat 5:33 da qurilma Ultima Thule (“Dunyoning chekkasi”) asteroidiga minimal masofa — 3500 kilometrga yaqinlashdi.
Astronomlar shu paytgacha mazkur samoviy jismning aniq fotolariga ega emasdi. Chunki asteroid uncha katta bo‘lmagan o‘lcham — 30 kilometrga ega.
Zond unga soniyasiga 14 kilometr tezlikda yaqinlashmoqda, muhandislar esa uni 6,62 milliard kilometr masofadan boshqarmoqda. Radiosignal qurilmaga yetib borishi uchun 6 soatdan oshiq vaqt talab etiladi.