Qo‘shiqchi Alla Pugachyova Instagram’da o‘z obunachilarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
San’atkor o‘z tabrigida Qorbobodan Rossiyani urushlardan, yolg‘on balandparvozlikdan, g‘iybatlardan saqlashni so‘ragan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya aholisi tinch osmon ostida yashashni istaydi.