Rossiyada joylashgan Popigay meteorit kraterining diametri 100 kilometr bo‘lib, sayyoradagi eng yirik kraterlaridan biri hisoblanadi. Kraterda ulkan olmos zaxirasi aniqlangan, deb yozmoqda TravelAsk.
Olimlarning taxmin qilishicha, Sibir shimolidagi krater taxminan 35 million yil avval Yerga asteroid urilishi oqibatida yuzaga kelgan. Krater 1946-yildagi ekspeditsiya davomida aniqlangan.
1960-yilda olib borilgan ekspeditsiya davomida kraterda juda yuqori harorat va bosim ostida yuzaga keladigan impakt jinslar aniqlangan.
1970-yiilarda o‘tkazilgan ekspeditsiya davomida kraterda ikkita impakt oslmos koni aniqlangan. Ulardan birining zaxirasi 140 milliard karatga teng bo‘lsa, ikkinchisiniki 7 milliard karatga teng.
Izoh (0)