Irlandiya fuqaroligini olish istagida bo‘lgan britaniyaliklarning soni 2018-yilda ikki marotaba oshgan. Bu Brexit e’lon qilingan davrdagi eng yuqori ko‘rsatkich. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
2018-yilda salkam 100 ming britaniyalik Irlandiya fuqaroligini olish uchun hujjatlar topshirgan. 2017-yilda esa 81 ming fuqaro ariza toshirgani qayd etilgan. Bunga sabab qilib esa, Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishi ko‘rsatilgan. Irlandiya Yevropa Ittifoqida qoladigan bo‘lgan.
Izoh (0)