Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat ko‘rsatish tartibi va hajmlari to‘g‘risida nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Foto: Telegram / @huquqiyaxborot

Foto: Telegram / @huquqiyaxborot

Nizomga muvofiq, okkultizm-afsun, shuningdek diniy marosimlar orqali kasalliklarni davolash xalq tabobati hisoblanmaydi. Shuningdek, xalq tabobatining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha bir yoki bir necha usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin:

  • invaziv (akupunktura, su-jok terapiya, xijoma);
  • noinvaziv (manual terapiya, akupressura);
  • biologik invaziv (gomeopatiya, girudoterapiya, apiterapiya);
  • parhez va o‘simlik vositalarini qo‘llash (fitoterapiya, ochlik bilan davolash).
Nizomga ko‘ra, xalq tabobati usullaridan foydalanib tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish xalq tabobati shifokori va xalq tabobati bo‘yicha mutaxassis tomonidan ambulatoriya va statsionar turdagi tibbiy tashkilotlarda amalga oshiriladi.

Xalq tabobati usullari bilan davolashning maqsadga muvofiqligini belgilashda xalq tabobati mutaxassisi tegishli shifokor bilan maslahatlashishi shart.

Tibbiyot tashkilotlarida bemorlarni xalq tabobati mutaxassislari tomonidan qabul qilish bemor shifokor ko‘rigidan o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi hamda tibbiy ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tgan bemorning ambulator kartasiga yoki kasallik tarixiga xalq tabobatini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma yoki qarshi ko‘rsatma to‘g‘risida yozuv kiritilishi shart.

Bolalar va homilador ayollarga pediatr, umumiy amaliyot yoki ginekolog shifokorning xulosasi mavjud bo‘lganda xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat etiladi.

Xalq tabobati mutaxassisi bemorga qo‘llanilgan xalq tabobati usuli va o‘tkazilgan muolajalar haqidagi ma’lumotlarni bemorning ambulator kartasi yoki kasallik tarixiga yozib qo‘yishi kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda