Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkentning Yunusobod hamda Mirobod tumanlarida jiddiy yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt IIBB.

Foto: IIBB

Foto: IIBB

Bugun, 27-dekabr kuni taxminan soat 11:50 larda Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasida joylashgan temiryo‘l kesishmasida “Taksi lyuks” MChJga tegishli Lacetti avtomobili haydovchisi nazorat ostidagi yopiq to‘siqqa borib urildi va buning oqibatida avtomashina ishdan chiqdi. Haydovchi va uning ikki yo‘lovchisi YTH natijasida tan jarohati olgan hamda shifoxonaga yotqizilgan. 49 yoshli haydovchi K. Mahmudov tomonidan temiryo‘l kesishmasini kesib o‘tish qoidalarining buzilganligi ushbu yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan.

Foto: IIBB

Foto: IIBB

Shu kuni taxminan 12:30 larda Mirobod tumani Kichik halqa avtomobil yo‘lida “AS Invest grupp” MChJga tegishli Howo yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Transport vositasi haydovchisi 19 yoshli Azizjon A. tajriba yetishmasligi sababli boshqaruvni yo‘qotgan, buning oqibatida esa yuk mashinasi ag‘darilib, yuk (sanoat xomashyosi – tuproq, qum, gil, tosh) esa yo‘lga sochilib ketgan. Haydovchi hamda yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari zarar ko‘rmagan. Ayni paytda falokat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi