26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-turining so‘nggi o‘yinida “Inter” o‘z uyida “Napoli” klubini qabul qildi.
O‘yinning 81-daqiqasida “Napoli” a’zosi Kalidu Kulibali qo‘polligi uchun qizil kartochka bilan jazolandi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida (90) “Inter” tarkibida Joau Mariu o‘rniga maydonga tushgan Lautaro Martines raqib darvozasiga gol urib, jamoasi uchun muhim g‘alabani keltirdi. Shundan so‘ng “Napoli”ning yana bir o‘yinchisi Lorenso Insinye ham maydondan chetlatildi. “Inter” o‘yinni uch ochko bilan “Napoli” esa mag‘lubiyat hamda ikki o‘yinchisiz yakunladi.
A Seriya
18-tur bahslari
26-dekabr, chorshanba
“Inter” – “Napoli” 1:0
Gol: 1:0 – 90 Martines.“Inter”: Handanovich, D’Ambrozio, Stefan de Vrey, Skrinyar, Asamoa, Valero (Vechino, 64), Brozovich, Mariu (Martines, 83), Politano, Ikardi, Perishich (Balde, 74).
“Napoli”: Meret, Kalyehon, Albiol, Kulibali, Ruy (Gulam, 78), Loureyro Allan, Fabian, Hamshik (Maksimovich, 24), Zelinski, Milik (Mertens, 70), Insinye.
Ogohlantirishlar: Brozovich (29), Valero (52), Loureyro Allan (56), Albiol (67), Kulibali (80), Martines (90),
Chetlatishlar: Kulibali (81), Insinye (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)