Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shu yilning 8-dekabr kuni Andijon viloyatining Bo‘z tumani IIB xodimlari tomonidan shu xududda joylashgan 44-sonli YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bo‘z tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi “Daryo”ga xabar bermoqda.

Foto: Bo‘z tumani IIB

Foto: Bo‘z tumani IIB

Tadbir davomida Qo‘qon shahridan Andijon shahriga harakatlanib kelayotgan M.J. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, uning ichki qismi ko‘zdan kechirilganda hech qanday tegishli hujjatlarsiz, 1120 dona “Lirika”, 560 dona “Gerica” hamda 1120 dona “Perge” dori vositalari borligi aniqlandi. M.J. ushbu dori mahsulotlarini Andijon shahrida yashovchi A.I. ismli ayolga 5 112 000 so‘mga sotish uchun olib ketayotganligini ma’lum qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)