Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida turkiyaliklik shifokorlar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan 6 yashar Bahodir Isroiljonovning yuragi atrofida yig‘ilgan suyuqlikni chiqarib, drenaj o‘rnatdi. 15 kunlik Imona Ibrohimjonovaning me’yoridan ortiq urayotgan yuragi esa odatiy maromga tushirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi — TIKA tashabbusi bilan Namanganda o‘tkazilgan anjuman davomida shunday yuqori texnologik operatsiyalar bajarildi. “Shoshilinch holatlarda bolalar hayotini saqlab qolish” dasturi doirasidagi mashg‘ulotlarda turkiyalik jarroh va kardiologlar Salim Belichi, Ibrohim Enche, Yunus Emre, Umid Dogan va Ali Gunesh namanganlik shifokorlarga saboq berdi. Ularda viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalari va tibbiyot birlashmalarida faoliyat olib borayotgan 60 nafardan ortiq bolalar jarrohi, pediatr va anesteziologlar ishtirok etdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Anjumanda shoshilinch yordam, nafas yetishmovchiligi va shok holatlarida havo yo‘lini ochish, yurak to‘xtashini davolash, ritm buzilishlarida yordam ko‘rsatish, jarohat holatlarida reanimatsiya hamda umurtqanifiksatsiyalash, bemor bolani reanimatsiyadan chiqarish kabi bir qator mavzularda ma’ruza qilindi. Savol-javoblar chog‘ida tinglovchilarni qiziqtirgan usul va uslublar haqida batafsil tushuncha berildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

—Mashg‘ulotlarda xorijlik mutaxassislardan ko‘p narsalarni o‘rgandik. Jahon tibbiyotida joriy etilgan qator yangiliklardan voqif bo‘ldik. Qaltis vaziyatlarda bolalar hayotini asrab qolish bo‘yicha malakamizniyanada oshirdik, — deydi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi neonatolog-vrachi Dilbar Azizova.

Anjuman dasturidagi “Mahorat darslari” qatnashchilarda qiziqish uyg‘otdi. Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilarga agentlikning sertifikatlari topshirildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

—Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning rivojiga munosib hissamiz qo‘shilayotganligidan mamnunmiz, — deydi TIKA agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbariAli Ixsan Chog‘lar. — Joriy yilda o‘zbek shifokorlarini o‘qitish,soha moddiy-texnik imkoniyatlarini yaxshilash, bemor bolalarni chet elda davolatish borasida izchil ish olib borildi. Kelgusida ham tibbiyot sohasi xodimlari kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha yangi loyihalarni rejalashtiryapmiz.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Anjuman davomida TIKA agentligi tomonidan Namangan shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga beg‘araz berilgan 4 ta zamonaviy Toyota reanimobili taqdimoti ham o‘tkazildi. Mazkur tez yordam mashinalari eng so‘nggi rusumdagi tibbiy asbob-uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, og‘ir kasallikni boshidan kechirayotgan bemorga shu joyning o‘zida yordam ko‘rsatish va xavfsiz shifoxonaga yetkazishga ixtisoslashtirilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi