G‘ijduvon tumani markazidan o‘tuvchi Permas arig‘ining uzunligi 11,4 kilometr. Ariqning salkam 7 kilometrli qirg‘oq bo‘ylarida turli obyektlar joylashgan. Biroq, ariqdan suv o‘rniga axlat oqadi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Ariqning tuman hokimligi binosi oldidan o‘tadigan qismida qog‘oz qiyqimlari, polietilen xaltalar, yelim idishlar, oziq-ovqat qoldiqlari bor.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bo‘lgan respublika ishchi guruhi tumanda olib borilgan o‘rganish yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda Permas arig‘idagi noxush ahvolni keskin tanqid qilgan, tuman mutasaddilari zimmasiga ahvolni o‘nglash vazifasi topshirilgan edi. Amalda esa ishlar bajarilmagan.
Permas arig‘i yoqasidagi qadimiy, harobaga aylangan “Qaymoq bozori masjidi” bor. Masjid G‘ijduvon shahrining qoq markazida joylashgan. Tuman hokimligi binosidan 150 — 200 metr, buyuk Abduxoliq G‘ijduvoniy qadamjosidan 250 — 300 metr narida joylashgan.
Izoh (0)