14-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz festivallar shahriga aylantirilishini e’lon qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Bu haqda davlat rahbari Qarshi shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Prezident joriy yilda viloyatga 63 mingdan ortiq chet ellik sayyoh tashrif buyurganligi, bu esa juda kam ekanligini ta’kidladi. Mirziyoyev vaziyatni o‘zgartirish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligiga Shahrisabzni festivallar shahriga aylantirish bo‘yicha tadbirlar kalendari va amalga oshirish rejasini ishlab chiqishni yukladi.
“Reja doirasida turizmni qo‘shimcha turlarini rivojlantirish hisobga olinadi, Shahrisabz, Yakkabog‘, Kitob va Qamashi tumanlarida esa sayyohlik infratuzilmasi obyektlari barpo etiladi”, — deya ta’kidladi Davlat turizm qo‘mitasi.
Izoh (0)