• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oltita hujjat o‘rniga uchta. Maktab o‘qituvchilari qog‘ozbozlikdan qutulyapti

    10-dekabr kuni xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joylardagi xalq ta’limi boshqarma boshliqlariga maxsus ko‘rsatma yo‘llab, unda ta’lim tizimidagi ko‘plab muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Hujjatda majburiy mehnat, qog‘ozbozlik, tadbirbozlik singari ko‘plab illatlar tilga olingani muhim yangilik bo‘ldi.

    Bu hujjat amaliyotga tatbiq etilishi maktablarda, umuman xalq ta’limi tizimida o‘zgarish yasay oladimi? Maktab o‘qituvchilarining real muammolari qanaqa? Bu masalalarga o‘qituvchilarning munosabatini o‘rganish uchun “Daryo” xalq ta’limi a’lochisi Isroil Tillaboyevga murojaat qildi. Quyida uning bu boradagi fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xalq ta’limi tizimi keyingi vaqtda eng ko‘p tilga olinayotgan sohalardan biri bo‘layotgani sir emas. Bunga u jamiyatning kelajagini belgilaydigan soha ekanligi sabab.  Bunday holatni to‘g‘ri qabul qilishimiz, kamiga xursand bo‘lishimiz kerak: bee’tibor qolishdan saqlasin, xalq, jamoatchilik qanchalar ko‘p gapirsa, shuncha ko‘p ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishiga ishonaman.

    Ta’lim tizimini sifatini yaxshilash tez fursatda bo‘lmaydi, bunga uzoq yillik strategiya ishlab chiqilib erishiladi. Natijaga erishish uchun hozirgi Xalq ta’limi vazirligi oldida ancha muammolar yig‘ilib qolgan ediki, bu muammolardan qutulmasdan turib ta’lim tizimini isloh qilish faqat kinolarda bo‘lishi mumkin edi. Ulardan eng kattasi ta’lim xodimlarining majburiy mehnatga tortilish edi; bunga shaxsan davlat rahbari aralashib chek qo‘ydi. Bu yilgi paxta mavsumi tarixiy mavsum, desak adashmaymiz: bu yil O‘zbekiston ahli o‘qituvchi va shifokorlarsiz, talabalarsiz ham shu paxtani yig‘ib olish mumkinligini isbotladi. Demak, eplasa bo‘larkan, deb yubordik. Tog‘ri, ora-orada o‘qituvchilar paxtaga mahalliy rahbarlar tomonidan onda-sonda chiqarilgani haqida xabarlar eshitib turdik, lekin o‘shanday holatlarni eshitgan zahoti joyida chora ham ko‘rildi.

    Yana asosiy muammolardan biri o‘qituvchilar qo‘g‘ozbozlikka ko‘milib ketgani edi. Maktab o‘qituvchisidan har bir ishiga hisobot, tadbirlarni suratlari bilan “isbotlash”ni talab qilish, tom-tom hujjat tayyorlash avjiga chiqqan ediki, bularni bajarish uchun o‘qituvchi faqatgina statist emas, ish yuklamasini to‘ldirish uchun buxgalter bo‘lishi kerak edi. Dars keyingi darajaga tushgan edi, “muhimi hujjatlar joyidaku” tamoyili ishlardi. O‘qituvchidan o‘tgan yili ham oltita hujjat yuritish talab qilinayotgan edi: yillik ish rejasi (yuklama), sinf jurnali, yillik taqvimiy mavzuviy reja, yillik kundalik dars ishlanmalari, dars kuzatish daftari, tarbiyaviy ishlar rejasi… Qizig‘i, joylardagi maktab rahbariyati bundan boshqa mayda-chuyda hisobot va qog‘ozlar o‘ylab topib o‘qituvchilardan talab qilaverar, aniq tizim yo‘q edi. Hatto bu o‘quv yilida ham yuklamalar yo‘qotildi, deyilishiga qaramay, yuklamalarni har oyda to‘ldirib, keyin oylik yozadigan ilmiy bo‘lim mudirlarini eshitdim,

    10-dekabr kuni xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joylardagi xalq ta’limi boshqarma boshliqlariga yo‘llagan topshirig‘i ta’lim tizimidagi yuqoridagi kabi qog‘ozbozlikni yo‘qotishga xizmat qiladigan topshiriqlardan bo‘lishi mumkin, agar ushbu topshiriqni joylardagi mahalliy rahbarlar to‘g‘ri anglab yetsa, eng muhimi — ijrosini ta’minlasa.

    Foto: “UzEdu.uz”

    Foto: “UzEdu.uz”

    “Xalq ta’limi boshqarma boshliqlariga katta harflar bilan, shaxsan nazorat uchun”, deb boshlangan topshiriqning 1-qismida barcha umumta’lim maktablarida uchta hujjat — sinf jurnali, dars ishlanma va yillik taqvimiy rejadan tashqari bironta ortiqcha hujjat va hisobot yuritilishi taqiqlangan.

    Ushbu band o‘qituvchilarning qaysi hujjatlarni yuritishi va keladigan tekshiruvchi ham qaysi hujjatni ko‘rishiga oydinlik kiritgan. Nafaqat avvalgi yillarda, balki hozir ham yuklama to‘ldirib yurgan, bo‘sh o‘zlashtiruvchilarga hujjat qilib ko‘rsatayotgan va boshqa hisobotlarni yozayotgan o‘qituvchilarni uchratdim. O‘ylaymanki ushbu bandni o‘qigan o‘qituvchi o‘z ish hujjatlarini, ilmiy bo‘lim mudirlari esa xodimlardan so‘raydigan hujjatlarini bilib oladi.

    Ikkinchi bandiga qaraymiz. Ta’lim tizimidagi o‘qituvchilarni turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar uchun hisobot, bayonnoma, (foto) albom tayyolash yoki sinf rahbarlarini o‘quvchining uylariga yuborish, ota-onalar bilan suhbat o‘tkazilganligi haqida fotosurat yoki hisobot talab etish taqiqlanadi.

    Ma’lumki, o‘qituvchilarning tadbir o‘tkazishdan bezdirgan narsa ham aslida uni o‘tkazib bo‘lgach, u haqda hisobot yozib, “isbotlovchi” suratlarni ilova qilish edi. Shu sababdan ko‘plab o‘qituvchilar hattoki fan oyliklarida ham tadbirlar o‘tkazishdan bezgan edi. Shu o‘rinda bir savol: hisobotlar o‘qituvchilarga yo‘qotildi, juda yaxshi, lekin bu narsa maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga ham taalluqlimikan? Chunki avval ham bu ikki o‘rinbosar butun kun davomida Xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan beriladigan turli jadvallar va topshiriqlarni to‘ldirish va suratlarga olish bilan o‘tmoqda. Ularning vazifalari statist emas-ku, biri maktabdagi har bir dars sifatini ta’minlashga mas’ul, buning uchun darslarni kuzatish, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilim sifatini yaxhilash ishlarini olib boorish bo‘lsa, ikkinchisi maktabdagi ma’naviy-ma’rifiy muhitni yaxshilashi kerak. Vazirlik nafaqat o‘qituvchidan, balki bu rahbarlardan ham talab qilinayotgan hisobotlarni yengillatib, ular asosiy ishini qilishiga sharoit yaratishsa yaxshi bo‘lar edi, chunki ularga berilgan jadval va topshiriqlar bevosita va bilvosita o‘qituvchilar ishtirokini talab qiladi.

    “Mahalliy hokimliklar tomonidan ta’lim muassasalari rahbarlari yoki o‘qituvchilarning har qanday majburiy mehnatga, turli yig‘ilishlarga, tadbirlarga zalni ‘to‘ldirish’ uchun ‘tomoshabin’ sifatida jalb etilishi taqiqlanadi”, deyiladi uchinchi bandda.

    Tumanlarda bir an’ana urf bo‘lgan: Toshkentdan biron qo‘shiqchi kelsa, majburan chipta sotiladi, ya’ni maktablarga qanchadandir bo‘lib beriladi. Mana shunday xushyoqmas “konsert”lar yo‘qotiladi, degan umiddamiz. Lekin bu bilan tumanlarda konsert dasturlari qo‘yilasin, demoqchimasman. Marhamat, kim xohlasa o‘tkazaversin, faqat bozor iqtisodiyoti — kim xohasa olaversin chiptani, faqat endi chiptalarni maktablarda ”markazlashtirilgan holda tashkil etish” yo‘q.

    4-bandda endi O‘zbekiston Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan tashqari mahalliy hokimliklar va tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan hasharlariga pedagoglarni jalb qilish qat’iyan taqiqlanmoqda.

    Yaqin yillar ichida, afsuski, mahalliy hokimliklarning “hashar”lari ko‘paygani haqiqat. Viloyat hokimi qarori bilan, tuman hokimi qarori bilan bir kunlik ish haqimizni olib qolishlariga ko‘nikkan edik. Hatto qaysidir oyda 2 kunlik ish haqi ham ushlangan bunday hasharlarga. Uzoqqa bormaylik, futbol klubi o‘yinchilarining oyligini to‘lashni ham o‘qituvchilarga yuklagan hokimlar uchrayotganligi aqlga sig‘maydigan holat aslida. Afsuski, bu ishlar real hayotda bo‘lib o‘tdi.

    Keyingi bandda mahalliy hokimliklar, hududiy boshqarmalar tomonidan har xil gazeta va jurnallarga majburiy obuna va kommunal to‘lovlarni va boshqa noqonuniy to‘lovlarni oylik ish haqidan majburiy olib qolinishi taqiqlandi.

    Joriy o‘quv yilida ham harchand gapirilmasin, ish haqidan “o‘z arizasiga ko‘ra” gazeta va jurnallarga majburiy obuna tashkil etagan mahalliy rahbarlar uchrab turibdi. Masalan, Bekobod tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri shu tufayli o‘z lavozimidan ozod qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazgan so‘rovnomamizda ham o‘qituvchilarning ko‘pchiligi bu yil ham rahbariyatlari tomonidan majburiy obunaga majburlanganini bildirdi. Gazeta va jurnalarni o‘qishsin, lekin majburiy, o‘zi istamagan gazeta yoki jurnalga emas, o‘z xohishi bilan, uyida obuna bo‘lgan nashrni o‘qisin. Bunda rahbariyatning “tavsiya”si shart emas.

    Topshiriqning so‘ngrog‘ida hozirda butun o‘qituvchilar “vaqtinchalik” jurnalga yozib kelayotgan 2 choraklik mavzu hamda baholarni yangi jurnallar kelsa, unga avvalgi yillardek o‘tkazish haqida boshi qotib turgan savolga javob berilgan: “vaqtinchalik” jurnal yangi jurnalga ko‘chirilmaydi, o‘sha hozirgi jurnal ham tan olinadi, yangi jurnal esa berilgan vaqtdan boshlab yuritilib boriladi. Demak, tushunarliki, “vaqtinchalik” jurnal bu yil vaqtincha bo‘lmadi, doimiy jurnal qatorida o‘tadi. Darvoqe, bu yil doimiy jurnal nega bunchalar kechikkanining sababiga tushunolmadim. Butun boshli vazirlikka jurnal chiqarish qiyin emas va bu asosiy ishlardan biri deb bilaman, buni keyingi o‘quv yilida e’tiborga olishadi, deb umid qilaman.

    Hujjat oxirida ushbu topshiriqlarni bajarishda xato qilgan rahbarlarga intizomiy chora ko‘rilishi eslatib o‘tilgan.

    Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning bu topshirig‘ini uning avval-boshdan ta’lim tizimida olib borayotgn o‘zgarishlarining mantiqiy davomi deb bilaman. Agar mahalliy boshqarma rahbarlari bu topshiriqlar ijrosini to‘la ta’minlasa, ta’limda sifat va samaradorlik oshishiga qadam qo‘ygan bo‘lardik. O‘qituvchi sifatida mazkur topshiriq qay darajada bajarilayotganini kuzatishda davom etaman.

     

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    14.12.2018, 15:49   Izoh (0)   40871
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Holand avtoparkini yana bir qimmatbaho mashina bilan boyitdi (foto)

    Sport | 14 may, 08:25

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.