Tropik hasharot Mystrium camillae chumolilari dunyodagi eng tezkor deb tan olindi. Chumolilar yuqori jag‘ini shaqillatish tezligi soniyasiga 90 millisekundni tashkil qiladi. Bu haqda tadqiqotchilar Royal Society Open Science jurnaliga ma’lum qilishgan.
Mystrium camillae Janubiy-Sharqiy Osiyo hamda Avstraliyada yashaydi. Asosan yer ostida hamda daraxtlar kovagida hayot kechiradi. Ushbu chumolilar o‘zini himoya qilishda yuqori jag‘laridan foydalanib, ular yordamida 0,5 millisekundda raqibiga zarba beradi.
Chumolilar o‘z lichinkalarining gemolinfasi bilan oziqlansa ham, linchikalarini nobud qilmaydi. Aynan shuning uchun, ushbu chumolilar Drakula-chumolilari deb nom olishgan.
Mystrium camillaening yuqori jahlari qanday qilib ishlashini aniqlash uchun, olimlar yuqori chastotali, sekundiga 480 ming kadr oladigan rentgen kameralaridan foydalangan. Chumolilarning jag‘i 0,000015 sekundda 320 kilometr tezlikka erisha oladi. Chumolining yuqori jag‘larining kuchi esa, shunchalik qattiqki, hasharotning yo‘lidan chiqqan har qanday boshqa mavjudotni karaxt ahvolga solib qo‘yadi.
Izoh (0)