Germaniyaning Verl shahrida konditer korxonasidagi avariya tufayli bir tonnaga yaqin shokolad massasi ko‘chaga to‘kildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ro‘y bergan hodisa natijasida ko‘chada 10 kvadrat metr o‘lchamidagi plitka hosil bo‘ldi.
Voqea joyida politsiya va o‘t o‘chiruvchilar ishladi. Qutqaruvchilar bir necha soat ichida ko‘chadagi shokolad massasini yig‘ishtirib olishga ulgurdi.