Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan suratga olingan “Sarvqomat dilbarim” badiiy filmining taqdimoti o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.
“Bu film o‘zbek va qirg‘iz kinoijodkorlari hamkorligi mahsuli bo‘ldi, — deydi ‘Respublika kinoprokat markazi’ davlat unitar korxonasi viloyat filiali rahbari F.Roziqov. — ‘O‘zbekkino’ milliy agentligi buyurtmasi asosida ‘Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi’ tomonidan ishlangan film Toshkent va Namangan viloyatlarida, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi hududida tasvirga olingan. Rollar o‘zbek va qirg‘iz kinoaktyorlari tomonidan talqin etildi. Filmning Toshkentdagi premyerasi kino sohasi mutaxassislari va tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Samarqandliklarga ham u manzur bo‘lishi shubhasiz”.
Taqdimotda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, teatr va kino san’ati namoyandalari Chingiz Aytmatovning o‘zbek va qirg‘iz xalqlari do‘stligini mustahkamlash, adabiy hamkorligini kengaytirish borasidagi xizmatlari haqida so‘z yuritdi. Adib asarlari asosida yaratilgan film va spektakllar o‘zining yuksak insonparvarlik g‘oyalari bilan tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan. “Sarvqomat dilbarim” badiiy filmi ham ana shunday noyob durdonalardan biri bo‘lib qolishi shubhasiz.
Izoh (0)