19-noyabr, dushanba kuni futbol bo‘yicha Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida Germaniya terma jamoasi o‘z maydonida Niderlandiyani qabul qilib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Natijada Bundestim so‘nggi 40 yil ichida ilk marta ketma-ket 5 ta rasmiy o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Jamoa so‘nggi bor 1978/79-yilgi mavsumda ketma-ket 6 ta rasmiy o‘yinda g‘alaba qozona olmagandi.
Ma’lumot uchun, Germaniya so‘nggi bor JCh—2018 musobaqasining guruh bosqichida Shvetsiyani 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Izoh (0)