Hukumat qarori bilan Sharof Rahimberdiyevich Rajabbayev Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Oybek Qobiljonovich Norinbayev esa Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.
Eslatib o‘tamiz, Innovatsion rivojlanish vazirligi ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Izoh (0)