Buyuk Britaniyaning AirClad kompaniyasi O‘zbekistonda mobil mini-mehmonxonalar ishlab chiqarish loyihasini taklif etmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Shu asosda mamlakatning an’anaviy inshootlardan foydalanish imkoniyati yo‘q bo‘lgan chekka hududlarida turistlarning yuqori talabini qondirish uchun me’moriy yechim topiladi.
“O‘zbekiston 24” telekanali xabariga ko‘ra, kompaniya tomonidan tayyorlangan barcha mahsulot va tizimlardan takroran hamda ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
AirClad agar loyiha ma’qullansa, qurilish, binoni yig‘ish va foydalanishga topshirish bo‘yicha zarur bo‘lgan muhandislik-texnik hujjatlarni taqdim etishga tayyor ekanligini bildirgan.
Avvalroq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayyohlar oqimini ko‘paytirish uchun mehmonxonalar yetishmayotgani, bu esa narx-navoning oshishiga olib kelayotganini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, har bir mintaqaning turistik salohiyati haligacha chuqur tahlil etilmagan. Buning oqibatida sayyohlar asosan ma’lum joylargagina safar qilyapti.
Mazkur muammoni xorij, jumladan, Turkiyaning ijobiy tajribasini inobatga olgan holda kichik va ixcham mehmonxonalar barpo etish hisobiga hal etish mumkin. Xususan, mamlakat bo‘ylab hammasi bo‘lib 278 ta kichik mehmonxona qurish rejalashtirilgan, biroq loyiha ko‘rib chiqish va ma’qullanish bosqichida to‘xtab qolgan.
Izoh (0)