Instagram ijtimoiy tarmog‘ida g‘aroyib mushukning suratlari paydo bo‘ldi. Hayvon qo‘rqituvchi ko‘rinishga ega, shuning uchun u dunyodagi “eng qo‘rqinchli” mushuk degan laqabni oldi. “Korrespondent.net” mushukning suratlariga e’tibor qaratdi.
Mushukning egasi uning Instagram sahifasini yuritadi. Mushuk Fors shinshillasi zotiga mansub bo‘lib, u Londonda yashaydi.
Mushukning haqiqiy laqabi Vilfred bo‘lib, “qo‘rqmas jangchi” degan ma’noni anglatadi. Uning Instagram sahifasiga qariyb 68 ming kishi a’zo bo‘lgan.
Izoh (0)