O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan Chust tumani o‘quv-sport texnika klubi qoshida “Aviamodel” va “Raketamodel”sport seksiyalari tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yoshlar o‘rtasida sportning texnik-amaliy turlarini keng ommalashtirish, navqiron avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol toptirish maqsadiga xizmat qiluvchi ushbu seksiyada nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur sharoit yaratilgan. Xalqaro musobaqalar sovrindori murabbiy Najmiddin Zayniddinov boshchiligidagi mahorat mashqlariga qiziqish bildirayotgan yoshlar safi tobora ortmoqda.