Isroil aviatsiyasi falastinlik jangarilar tomonidan raketa hujumiga javoban G‘azo sektoriga zarbalar berdi. Bu haqda armiya matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Isroillik harbiylar 80 ga yaqin raketa uchirilganligini qayd etgan va ulardan bir qismini to‘xtatib qolgan. Zarbalar oqibatida ikki nafar fuqaro halok bo‘lgan.
“G‘azo sektoridan raketa hujumiga javoban Isroil aviatsiyasi javob harakatlarini boshladi”, — deydi armiya matbuot xizmati rahbarlaridan biri Yonatan Konrikus.
Isroilliklar hujum uchun javobgarlikni HAMAS harakati zimmasiga yukladi va uning jangovar qanoti obyektlariga havodan zarbalar bermoqda.
Harbiylarning ma’lum qilishicha, havodan zarbalar butun G‘azo sektori bo‘ylab “terrorchilik nishonlari”ga berilmoqda.
Izoh (0)