2017-yil may oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” mavzusidagi xalqaro forumda XXR Raisi Si Szinpin Shanxayda xalqaro import-eksport forumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Forum kunlari “Ochiq dunyo iqtisodiyotini bunyod et” shiori ostida Shanxay mediaforumi o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.
Unda 103 mamlakatdan kelgan 600 dan ortiq OAV va tahlil markazlari vakillari ishtirok etdi. Mediaforum qatnashchilarini XXR Raisi Si Szinpin va Rossiya Federatsiyasi Bosh Vaziri Dmitriy Medvedov tabrikladi.
Forumda “OAV va ilmiy g‘oya markazlarining ochiq dunyo iqtisodiyotidagi o‘rni”, “Ochiq Xitoy va jahon taraqqiyoti” mavzusida bahs-munozaralar bo‘ldi.
“Davlatlararo munosabatlarda iqtisodiyot siyosatga nisbatan ustuvorlik kasb etyapti, shuning uchun biz maxsus iqtisodiy masalalarni yoritadigan telekanal ochdik”, — dedi Xitoy televideniyesi vakili Jen Jaijong.
“OAVdagi axborot doim ham haqiqatni aks ettirmaydi, — dedi rossiyalik Aleksandr Bistriysskiy. — OAVdagi aslida haqiqatdan yiroq ma’lumot tufayli davlat rahbarlari ba’zida xavfli qarorlar qabul qilyapti. Ommaviy axborot vositasi o‘z axborotida haqiqatni yolg‘ondan ajratib berishi kerak”.
Forum ishtirokchilari O‘zbekiston bilan hamkorlik haqida quyidagicha fikr bildirdi.
“Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo OAVning hamkorligi talab darajasida emas, — dedi Budapesht mediamarkazi rahbari Demchik Lajos. — O‘zbekistonga Yevropa jurnalistlari uchun mediaturlar tashkil etishda biz tashabbuskor bo‘lishimiz lozim, deb o‘ylayman”.
“O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida axborot ayirboshlash sohasida normativ-huquqiy baza rivojlanmagan. Axir, biz bir iqtisodiy maydonda yashaymiz, xalqlarimizning axborotga ehtiyoji ham juda o‘xshash”, — dedi “Kazmedia holding” LTD bosh direktori Erkin Jaqipov.
Izoh (0)