O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi farmoniga asosan Rashid Rahmatov Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Rashid Rahmatov 1978-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004-yilda Navoiy shahar prokuraturasidan boshlagan. 2009-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Buxoro shahar prokurori, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2017-yilning noyabr oyidan shu vaqtgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.