Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud tomonidan “O‘zagrosug‘urta” AJ bilan bir yil muddatga tuziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Hukumat qarori bilan sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud tomonidan “O‘zagrosug‘urta” AJ bilan bir yil muddatga tuziladi.
Majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasi sudyaning ellik oylik ish haqiga teng summa hisoblanadi.
Sug‘urta mukofoti sug‘urta qilingan shaxslar sonini sug‘urta summasiga va 0,238 foiz miqdorida belgilangan sug‘urta tarifiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi.
Shuningdek, nizomga ko‘ra sug‘urta qilingan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
- sug‘urta to‘lovini to‘lash haqida yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilish;
- sug‘urta to‘lovi olish;
- belgilangan tartibda hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi holatlarini tekshirishda ishtirok etish;
- sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni olish.
- sudya ishlayotgan davrda yoki vakolat muddati tugaganidan keyin o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda olingan tan jarohatlari yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan halok bo‘lganda — uning merosxo‘rlariga sudyaning ellik oylik ish haqi miqdorida;
- sug‘urta qilingan shaxsga o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi oqibatida nogironlik belgilangan bo‘lsa — sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida;
- sudyaga o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda kasbga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yo‘qolishiga olib kelmaydigan tan jarohatlari yetkazilganda — sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida.
Izoh (0)