Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Aqto‘beda 52 nafar yo‘lovchisi bilan yonib ketgan avtobus haydovchilariga davlat qoralovchisi 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini so‘radi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.

Foto: “Zakon.kz”

Foto: “Zakon.kz”

Transport kompaniyasining mexanigi va direktori esa yetti yilga qamalishi mumkin.

30-oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashgan tumanlararo sudida ish bo‘yicha tinglov bo‘lib o‘tdi.

Sudda davlat qoralovchisi Osman O‘rinbosar o‘g‘li avtobusning uch nafar haydovchisi Barat Tanatov, Maksat Pernebekov va Nurjan Qirg‘izboyevlarni Qozog‘iston respublikasi jinoyat kodeksining 292, 345-moddalariga ko‘ra aybdor deb topilishini va ularga nisbatan besh yil muddatga ozodlikdan, 7 yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etish jazosini tayinlashni, shuningdek yo‘lovchi tashish sohasida ishlash huquqidan mahrum etishni so‘ragan.

“Aziatranzitservis” korxonasi direktori Nurlibek Tlepbayev va mexanigi Bahodir Pardaboyevlarni esa prokuror jinoyat kodeksining 254, 348, 384-moddalari bo‘yicha aybdor deb topdi hamda ularga nisbatan yetti yilga ozodlikdan mahrum etish, rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etish va besh yil davomida yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yuritish huquqini  taqiqlash jazosini so‘radi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi