So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Foto: Rossiya imperiyasida yashagan dunyodagi eng baland bo‘yli odam

    28.10.2018, 19:33 96352

    Fyodor Andreyevich Maxnovni o‘z vaqtida deyarli butun dunyo tanigan. U dunyodagi eng baland odam bo‘lgan. Vazni 182 kilogramm, bo‘yining uzunligi esa 285 santimetr bo‘lgan erkakning etigiga 12 yoshli bola bemalol joylasha olgan, deb yozadi Big Picture.

    Foto: Big Picture

    Foto: Big Picture

    Fyodor Maxnov 1878-yilning 6-iyunida hozirgi Belorus hududida nochor oilada tug‘ilgan. Maxnovning oilasi a’zolarining bo‘yi o‘rtachadan uzun bo‘lgan. Fyodorning onasi bolaning juda katta bo‘lganligi sababli tug‘riq vaqtida vafot etgan. Bolaning tarbiyasi bilan bobosi shug‘ullangan.

    Foto: Big Picture

    Foto: Big Picture

    Dastlab Fyodor boshqa bolalar kabi rivojlangan, biroq sakkiz yoshga kelib, u tez o‘sa boshlagan. 12 yoshga kirganda uning bo‘yi ikki metrga yetgan. Oyoq kaftining uzunligi 51 santimetrni, qo‘l kaftiniki esa 32 santimetrni tashkil qilgan. Uning kuchi bo‘yiga mos bo‘lgan, u katta odamni hech qiyinchiliksiz ko‘tara olgan, pichan ortilgan aravani esa tepalikka chiqara olgan.

    Foto: Big Picture

    Foto: Big Picture

    Fyodor 14 yoshga to‘lganda uning noodatiy bo‘yi sababli uyni qayta qurishga to‘g‘ri kelgan. Bolalar uning ustidan baland bo‘yi sababli kulgan, javob tariqasida Fyodor ularning bosh kiyimini tomga ilib qo‘ygan.

    Kunlarning birida ko‘chma sirk egasi Otto Bidinder Fyodorni bozorda ko‘rib qolgan. O‘smir buyurtma asosida tikiladigan kiyimlari uchun pul ishlayotgan bo‘lgan. O‘sha vaqtda noodatiy kishilar juda ommabop hisoblangan, shuning uchun Otto Fyodorning qarindoshlarini uni Germaniyaga yuborishga ko‘ndirgan.

    Dastlab Fyodor nemis tilini va sirk san’atini o‘rgangan. O‘smir 16 yoshida sirkda ishlash uchun shartnoma tuzgan. Fyodor kaftining yoni bilan g‘ishtlarni sindirgan, taqani to‘g‘rilay olgan, yotgan holda kichik orkestr bo‘lgan platformani ko‘tara olgan. Biroq odamlar asosan haqiqiy bahaybat odamni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun kelgan. Maxnov 25 yoshga kirganda, uning bo‘yi 285 santimetrga yetgan.

    Foto: Big Picture

    Foto: Big Picture

    Uning ovqatlanishi ham o‘lchamlariga muvofiq bo‘lgan. Nonushtaga u 20 ta tuxumdan tayyorlangan quymoq, sakkizta non yegan va ikki litr choy ichgan. Tushlikka — 2,5 kilogramm go‘sht va shuncha kartoshka. Maxnov 24 soatdan ko‘proq uxlay olgan.

    Foto: Big Picture

    Foto: Big Picture

    Foto: Big Picture

    Foto: Big Picture

    Foto: Big Picture

    Foto: Big Picture

    Maxnov sirkda to‘qqiz yil ishlagan va boy odamga aylangan. XX asrning boshida u o‘z vataniga qaytgan va yer sotib olib, o‘ziga mos uy qurgan. Maxnov Bidinder bilan umrining oxirigacha do‘stona munosabatni saqlab qolgan.

    O‘zining yaxshi moddiy holati va xarakteriga qaramasdan, Fyodor uzoq vaqt davomida juft topa olmagan. Oxir-oqibat u qishloq o‘qituvchisi Yefrosinya Lebedovaga uylangan. Qizning bo‘yi o‘rtachadan baland, biroq turmush o‘rtog‘inikidan roppa-rosa bir metrga past bo‘lgan. Fyodorning rafiqasi besh nafar farzandni dunyoga keltirgan.

    Foto: Big Picture

    Foto: Big Picture

    Foto: Big Picture

    Foto: Big Picture

    Fyodor Maxnov 1912-yilda 34 yoshida vafot etgan. O‘limining aniq sababi ma’lum emas.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    So‘rovnoma: o‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi kasallikdan xavfsirashi maʼlum qilindi

    Bugun, 16:31

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i kuzning yorqin musiqiy voqeasi – Coke Studio Fest’ning 60 ming nafar mehmonini qabul qildi

    Bugun, 16:30
    Reklama

    Buxoroda qarzdor fuqaro MIB xodimini urib, mashinasiga o‘t qo‘ydi

    Bugun, 16:18

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi 12 200 so‘mdan oshdi

    Bugun, 16:08

    Qrimda Rossiya Qora dengiz floti qarorgohiga raketa kelib tushdi (video)

    Bugun, 15:58

    Qovoq nimasi bilan foydali? Uni ratsionga kiritish uchun 10 ta sabab

    Bugun, 15:42

    O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgan X-factor xalqaro shousining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    Bugun, 15:00
    Reklama

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    Bugun, 15:24

    Rasman: Yulian Nagelsmann — Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi

    Bugun, 15:00

    Hech qachon kech emas: Keksayganida muvaffaqiyatga erishgan Gollivud aktyorlari (foto)

    Bugun, 14:55

    Indoneziyada cho‘chqa go‘shti yeb video olgan tiktoker ikki yilga qamaldi

    Bugun, 14:48

    Tavsiya etamiz

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    07:00 / 22.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?