20 davlatdan 200 nafarga yaqin yosh matematiklar ishtirok etishi kutilayotgan matematika bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada sabab Xorazm viloyatiga dastlabki xalqaro delegatsiyalar tashrifi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mehmonlar Urganch xalqaro aeroportida viloyat hokimligi mas’ullari, boshqa idoralar xodimlari tomonidan kutib olinmoqda.
Olimpiada ishtirokchilari sifatida Malayziyaning bir qator nufuzli universitetlaridan professor hamda talabalar Urganch shahriga yetib keldi.
Mehmonlar xalqaro olimpiyada boshlanadigan kunga qadar Urganch va Xiva shaharlari bo‘ylab sayohat qilishadi. Ko‘xna voha va uning tarixi, ilmiy salohiyati borasida tasavvurga ega bo‘lishadi.
Xorijiy davlatlarning delegatsiyalari tashrifi davom etmoqda.
Izoh (0)