Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Qirg‘izlend” eksportchilar va importchilar assotsiatsiyasi raisi Lenara Niyazbekova Qirg‘izistonda kartoshka narxining arzon ekanligiga izoh berdi, deb yozmoqda “Sputnik”.

Foto: “Sputnik”

Foto: “Sputnik”

Qirg‘izistonlik fermerlar joriy yilda 2017-yilga nisbatan uch marta ko‘p kartoshka yig‘ib oldi va uni O‘zbekistonga sotishga umid qilgan edi.

Assotsiatsiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, deputatlar va hukumat vaziyat o‘nglab bo‘lmaydigan vaqtga kelganda, bong urishni boshlagan. Fermerlarga O‘zbekistonning ochiq bozorini va’da qilgach, muammolar borligi aniq bo‘ldi. Yakunda mahsulotni sotishning imkoni bo‘lmayapti. Hukumat hosilni prognoz qilishi hamda O‘zbekiston va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish bo‘yicha aniq shartnomalar tuzishi kerak edi.

Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat melioratsiyasi va sanoati vaziri Nurbek Murashevning qayd etishicha, 2018-yilda kartoshkaning xarid narxi 2017-yilga nisbatan qariyb ikki baravarga tushib ketgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, narxning pasayishi fermerlarning kartoshka ekiladigan maydonlarni qariyb bir yarim ming gektarga ko‘paytirgani, shuningdek, 2018-yilda yaxshi hosil olingani sabab bo‘lgan. Qirg‘izistonda joriy yilda bir yarim million tonna kartoshka yetishtirilgan, mamlakatning ichki ehtiyoji esa 800—900 ming tonnani tashkil qiladi.

Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi ayni paytda femerlar yetishtirgan kartoshkani Rossiya, Qozog‘izston va O‘zbekistonga sotish imkoniyatlarini izlamoqda.

Joriy yilning yozida O‘zbekiston Qirg‘izistonda yetishtirilgan kartoshkaga taqiq joriy qilgan, biroq taqiq kuzda yig‘ib olingan kartoshkaga taalluqli emas, deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi