Nigeriyada musulmonlar va xristianlar to‘qnashuvida 55 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
To‘qnashuv mamlakat shimolidagi Kaduna shtatining Kasuvan Magani shahrida ro‘y berdi. Aytilishicha, tartibsizliklar mahalliy bozordan boshlandi. Bir necha kun oldin bozorda ro‘y bergan janjalda ikki kishi halok bo‘lgan, ammo politsiya yetib kelib, olomonni tarqatib yuborgan edi.
Ammo ertasiga adara etnik guruhi vakillari bo‘lgan xristianlar musulmonlarning uylariga o‘t qo‘ydi. Shundan so‘ng tartibsizliklar yana avj oldi.
Politsiya 22 kishini qo‘lga oldi.