AQShda Maykl to‘foni oqibatida kamida 36 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 20-oktabr, shanba kuni CNN xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Eng ko‘p qurbonlar Florida shtatida qayd etilgan.
“Mahalliy tibbiy ekspert Bey okrugida ayol kishi halok bo‘lganligini tasdiqlagandan so‘ng qurbonlar soni oshgan. Florida shtatida halok bo‘lganlar soni 26 kishiga yetgan”, — deyiladi xabarda.
Yana o‘n kishi Shimoliy Karolina, Jorjiya va Virjiniya shtatlarida halok bo‘lgan.
Tabiiy ofat 4 mingdan ortiq uyni to‘liq vayron qilgan. Yana 15 mingta binoga zarar yetgan. Qutqaruvchilar 16 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilgan.
Izoh (0)