Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyatida M.Sh. ismli ayol A.A. bilan shar’iy nikoh asosida ikkinchi xotin bo‘lib yashab kelgan. Ularning munosabatlari davomida ayol doimiy ravishda eri tomonidan kaltaklanib, g‘ayritabiiy usulda zo‘ravonlik ishlatilib, o‘ldirish bilan qo‘rqitilib, ozodlikdan cheklab kelingan.
Navbatdagi zo‘ravonlikdan qo‘rquv oqibatida homilador bo‘lgan ayol uyining 3-qavatdan o‘zini tashlagan. Oqibatda ayolga tez yordam ko‘rsatilib, kasalxonaga olib ketilgan. Vaziyat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olinib, A.A.ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ayol bo‘lib o‘tgan hodisalar yuzasidan keyinroq Xotin-qizlar qo‘mitasiga murojaat qildi. Qo‘mita holatni o‘rganib, ayolning huquqlari sud jarayonida himoya qilinishini bildirdi. Ayolning kelgusi hayoti yo‘lga qo‘yilishiga qo‘mita tomonidan tegishli yordam ko‘rsatiladi.
Ayni damda erkak ustidan tergov tadbirlari nihoyasiga yetdi va ish sudga oshirildi.
Izoh (0)