Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

7-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, ezgu va samimiy tilaklarini bildirdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, yuksak darajadagi uchrashuv va muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi yuzasidan fikr almashildi.

Davlat rahbarlari Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Mirziyoyev va Putin muloqot yakunida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshlik munosabatlari, o‘zaro manfaatli hamkorlik har tomonlama rivojlantirilishi va mustahkamlanishini yana bir bor tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Vladimir Putin 7-oktabr kuni 66 yoshga to‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi