Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi chog‘ida umumiy qiymati 4 mlrd yevrolik shartnomalar imzolanishi kerak. Bu haqda Yevropa istiqbol va xavfsizlik tadqiqotlari instituti prezidenti Emmanuel Dyupyuiga tayanib Turon 24 xabar berdi.
“Iqtisodiy aloqalar haqida gapirsak, albatta, bu Prezident Mirziyoyev 8—9-oktabr kunlari Parijga kelganida ma’lum bo‘ladi. 4 milliard yevro qiymatga ega shartnomalar imzolanishi kerak. Bularning katta qismi energetika sohasiga — Orano (sobiq Areva) kompaniyasi bilan hamkorlik qilish va sizning mamlakatingizda atom elektrostansiyasi qurilishi ehtimoliga bog‘liq. Bu kutilayotgan shartnomalardan biri”, — deydi Dyupyui.
Uning aytishicha, Orano – uranni qazib chiqarishga ixtisoslashgan davlat kompaniyasi bo‘lib, yaqinda o‘tkazilgan izlanish va hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda 230 ming tonna uran borligi aniqlangan.
Izoh (0)