Bugun dunyoning qaysi davlatiga bormang, o‘zbekistonlik yigit-qizlarning eng mas’uliyatli joylarda faoliyat olib borayotganiga guvoh bo‘lasiz. Parij shahridagi dunyoning eng yirik kompaniyasida faoliyat olib borayotgan yana bir o‘zbekistonlikning hayoti bunga misoldir, deb yozadi O‘zA.
“O‘zim Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatganman. 2012-yilda Erasmus Mundus stipendiyasini yutib olib, Nant shahrida robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha ikki yil magistraturada tahsil oldim. Shundan so‘ng ikki yil matematika-informatika yo‘nalishidagi INRIA izlanish institutida muhandis bo‘lib ishladim. Ayni paytda, Amazon onlayn-magazinidan buyurilgan mahsulotlarni 30 daqiqa ichida uyga o‘zi uchar dronlar yordamida yetkazib berish ustida ish olib boryapmiz. Izlanishlarimiz yaqin yillarda o‘z samarasini beradi”, — deydi Amazon kompaniyasi muhandisi Izzat Muxanov.
Izoh (0)