Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston va Rossiya 3-oktabr kuni respublikaga benzin eksportini boshlash imkonini beruvchi bayonnomani imzoladi, deb yozadi Spot.

Foto: “Kazmunaygaz”

Foto: “Kazmunaygaz”

Avvalroq Qozog‘iston joriy yil kuz mavsumidan boshlab O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga benzin yetkazib berishni boshlashi, yil oxiriga qadar Qozog‘iston 400 ming tonna benzin eksport qilishni rejalashtirgani, kelasi yilda Qozog‘iston Markaziy Osiyo mamlakatlariga yetkazib berilayotgan benzin hajmini 1-1,2 million tonnaga yetkazishi mumkinligi xabar berilgan edi.

Keyinroq Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev eksportni boshlash uchun  Rossiya bilan ikki tomonlama kelishuvni o‘zgartirish kerakligini aytgan edi.

Sentabr o‘rtalarida vazir oktabr-noyabrda yoqilg‘i-moylash materiallarini eksport qilishni boshlash o‘ta muhimligi, aks holda bozor mahsulotga to‘lib ketishi, chunki respublikada benzin profitsiti yuzaga kelganini aytgandi.

U, shuningdek, Rossiya bilan bog‘liq kolliziyani tushuntirib bergan, Qozog‘iston avval benzinni eksport qilmaslik majburiyatini olgan holda Rossiyadan benzinni bojxona bojlarisiz olib kirganini eslatgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi