O‘zbekiston bir qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi, deb yozadi Norma.
Mazkur hujjatlar sirasiga:
- Parij bitimi (Parij, 2015-yil 12-dekabr). Unda a’zo davlatlarning iqlimdagi global salbiy o‘zgarishlarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlari qayd etilgan. Bitimda yerdagi o‘rtacha harorat oshishiga yo‘l qo‘ymaslik (sanoat rivojlangungacha bo‘lgan davr bilan solishtirganda 2˚S dan past, imkon qadar – 1,5˚S dan yuqori emas), parnik gazlari chiqarishni cheklash va iqlimdagi o‘zgarish oqibatlariga qarshi kurashishda moliyaviy mablag‘larni konsolidatsiyalash nazarda tutilgan.
- Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalari. Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (The Standards and Metrology Institute for the Islamic Countries, SMIIC) maqomi va faoliyatining asosiy jihatlarini belgilovchi asosiy hujjatlardir. Ushbu organ Islom hamkorlik tashkiloti doirasida faoliyat yuritadi, IHTga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo hamkorligini rivojlantirish uchun yangi standartlarni ishlab chiqish va amaldagilarni ular o‘rtasida kelishish bo‘yicha ish yuritadi.
- Islom hamkorlik tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatish kiradi.
Izoh (0)