“OAV va boshqalar atigi ikki so‘zimga shunchalik qiziqish bildirganidan hayratda qoldim”. Gulnora Karimovaning qizi Imon o‘zining Instagram’dagi sahifasida shunday yozuv qoldirdi.

Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillayeva

“Biz faqat o‘z hayotimiz bilan yashashni istaymiz. Hech qanday siyosiy masalalarda ishtirok etishni xohlamaymiz. Shu yillar mobaynida boshimizdan o‘tgan barcha dahshatli voqealar ortda qolgan bo‘lsin”, — deya ta’kidlagan Imon Karimova.

Foto: Instagram /@iman.k17

Eslatib o‘tamiz, oldinroq hozir Londonda ekanligi bildirilayotgan Imon o‘zining Instagram’dagi sahifasida “onam uyda” deya izoh bergandi.