O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 20 yoshli  nevarasi, Gulnora Karimovaning qizi Imon o‘zining Instagram’dagi sahifasida “onam endi uyda” deb yozib qoldirdi.

Foto: Google

U shuningdek, Istanbul—London reysining talonini ham e’lon qildi. Imonning sahifasidagi suratlarga ko‘ra, u hozirda Londonda.

Foto: Instagram /@iman.k17

Avvalroq, Imonning Londonga uchib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Gulnora Karimova 2015-yilning avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Jumladan, Karimova jinoiy guruh tuzishga aloqadorlik, o‘g‘irlik, pul undirish, davlat mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborish, soliqlar to‘lashdan bosh tortish singari jinoyatlarda ayblangan va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.