Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ikki bolasi bilan ajrashgan andijonlik M.Qulmatovaning yolg‘iz boshiga ham oila, tirikchilik tashvishi og‘irlik qila boshladi. Shu uchun u 2014-yil dekabrda farzandlarini tashlab o‘zga yurtga — Qozog‘istonning Ostonasiga otlandi. Bu haqda O‘zA  xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Qo‘shni davlat poytaxtida restorandan ish topib, oshpazlik qildi. Ikki yildan so‘ng vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish talablarini buzgani uchun “deport“ qilindi. Lekin yana o‘sha noqonuniy bo‘lsa ham ishini davom ettirdi.

Oradan uch yildan ko‘proq vaqt o‘tib, qishlog‘i, yaqinlari, ayniqsa, farzandlar sog‘inchi tirikchilik vajidan ustun kelib, qaytishga ahd qildi. Bu orada ilgari “deport“ bo‘lgani yodiga tushib, chegaradan o‘tishda jarimaga tortilishi mumkinligi haqida o‘yga toldi. O‘ylab-o‘ylab, “jarimasiz” yo‘ldan — davlat chegaralarini yashirin yo‘llar orqali buzib o‘tishga qaror qildi.

M.Qulmatova qashqadaryolik B.B. bilan Yangiyo‘l tumani, Navoiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inining aylanma yo‘llari orqali O‘zbekiston chegara to‘siqlarini buzib o‘tayotgan vaqtida chegara posbonlari tomonidan qo‘lga olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumani sudining sayyor sud majlisida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud M.Qulmatovaning qilgan ishidan pushaymon ekani, ikki nafar yosh farzandi borligi, barcha og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, bir yil muddatga sinov muddati bilan ozod qilish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin