Afg‘oniston sharqida AQShning C-130J Hercules samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, halokat Jaloloboddagi aerodromda ro‘y bergan. Avariya natijasida 11 kishi, shu jumladan, olti nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan. Ularning bir nafari samolyot ekipaji a’zosi, besh nafari esa NATOning Afg‘onistondagi xodimlari, oddiy fuqarolar edi.
“Tolibon” radikal harakati vakillari samolyotni urib tushirganlarini ma’lum qildi.
Izoh (0)