Amerikalik qo‘shiqchi Barbra Streyzand vafot etgan itining klonlari uning haqiqiysiga qaraganda o‘zini umuman boshqacha tutishini ma’lum qildi. Bu haqda Entertainment Tonight xabar bermoqda.
Artist “qalbni klonlashtirishning imkoni yo‘q” degan xulosaga keldi.“Ular o‘xshash emas. Aslida, klonlarning tashqi ko‘rinishi unga o‘xshaydi, biroq qalbni klonlashtirish imkonsiz”, — deya ta’kidlaydi 76 yoshli qo‘shiqchi.
2017-yil oxirida Streyzand 14 yoshli Samanta laqabli koton-de-tulear naslli itining ikki klonini buyurtma qilgan edi. Itning o‘zini sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘ldirishga to‘g‘ri kelgan.
Izoh (0)