Eron TIVning rasmiy vakili Bahrom Qosimiy Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Tehrondagi yadro materiallari ombori haqidagi bayonotini rad etdi. Bu haqda mamlakat TIV saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Netanyaxu 27-sentabr, payshanba kuni BMTda Isroil razvedkasi Tehronda tonnalab yadro qurilmalari va materiallari bo‘lgan maxfiy omborni topganligini ma’lum qildi va temir darvozalari bo‘lgan devorlarning suratlarini ko‘rsatdi.
“AQSh va Isroil Eronga qarshi ssenariyni ijro etishga muvaffaq bo‘lmagach, bu kulgili bayonot va Isroil bosh vazirining shousi kutilmagan holat bo‘lmadi. Bu Isroil rasmiylarining yangi tomoshasi bo‘lib, biz uni qat’iy rad etamiz. Aslida mazkur bayonot u haqda gapirishga ham arzimaydi”, — dedi Qosimiy.
Izoh (0)