Xitoyning tegishli idoralari oxirgi uch oy mobaynida 4 mingta atrofida “zararli” sayt va akkauntlarni blokladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Nolegal va pornografik nashrlarga qarshi kurash milliy boshqarmasining ma’lum qilishicha, qalloblikda, pornografiya tarqatishda, diniy tashkilotlarga yollashda va mishmish tarqatishda gumonlangan sayt va akkauntlar bloklangan.
“Zararli kontent”ni aniqlash kampaniyasi may oyida boshlangan edi — o‘shanda 120 ta qonunbuzarlik aniqlangan, 230 ta firma ogohlantirilgan edi.
Izoh (0)