Tojikistonda O‘zbekiston kinosi kunlari bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.
Dushanbe shahridagi “Qo‘hi Navro‘z” anjumanlar majmuasi tarkibidagi “Navro‘z” kinoteatrida “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda tojikistonlik kino ustalari hamkorligida O‘zbekiston kinosi kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 15—17-sentabr kunlari Dushanbedagi bir qator kinoteatrlarda o‘zbek kinematograflarining “Baron”, “Sabot”, “Merosxo‘r”, “Oyqiz ertagi” kabi kinofilmlari namoyish etildi.
“O‘zbekkino” milliy agentligi va “Tojikfilm” kinostudiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Izoh (0)